@dkattakhanova · Post #4048 · 27.03.2025 г., 13:32
⚡️Kitob o‘qib ota-onasiga avtomobil sovg‘a qilayotgan yoshlar safi ko‘paymoqda! 🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha bahslar yakunlandi. Qizg‘iz bahs va munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida eng bilimdon yoshlar aniqlanib, Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi. 🏆G‘oliblar bilan tanishing! 1-o‘rin — Xaldurdiyeva Oguljeren (Toshkent shahri) – 340.3 ball, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili; 2-o‘rin — Murodova Shahnozabonu (Sirdaryo viloyati) – 301.7 ball bilan 75 million so‘m; 3-o‘rin — Muxtorova Muhinur (Samarqand viloyati) – 296 ball bilan 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar. 👏 Barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! ! #YoshKitobxon Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt
Hashtags