@dkattakhanova · Post #4401 · 12.08.2025 г., 08:46
“Yoshlarni eshitamiz” – bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot! 🎓Joriy yil 14-avgust kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan ushbu uchrashuvlar dastlab poytaxtimizda yosh tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan edi. Dekabr oyiga qadar turli yo‘nalishlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Har bir uchrashuvda mas’ul rahbarlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning takliflari, g‘oyalari va muammolarini tinglaydi. Eng muhimi, bu fikrlar asosida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab boriladi. 🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati”boti orqali jo‘natishingiz ham mumkin! 📍Manzil: Samarqand shahri, Yoshlar markazi Keling, fikringizni bildiring, g‘oyangizni ayting – biz sizni eshitamiz! #YoshlarbilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Hashtags