@shahrixontumani · Post #42986 · 04.04.2026 г., 07:20
#Zakovat musobaqa jarayonidan. Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida“Zakovat” klubi hamkorligida “Zakovat” o‘yini tashkil etildi. 🤝 Musobaqa o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. 💪 6 ta jamoa ishtirok etdi. Do‘stona raqobat ruhida kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi: 🥇1-o‘rin: Zukkolar jamoasi; 🥈2-o‘rin: Udaburonlar jamoasi; 🥉3-o‘rin: Kimyogarlar hamda Burgutlar jamoasi. “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar. TELEGRAM✍
Hashtags