Метод строки isidentifier() поможет узнать, подходит ли данная строка в качестве имени объекта.
Вполне может заменить самостоятельно придуманную регулярку.
>>> 'some_name'.isidentifier()
True
Обычное имя переменной
>>> '私は手紙です'.isidentifier()
True
Юникод в качестве имени тоже доступен
>>> '1_name'.isidentifier()
False
Имя не может начинаться с цифры
>>> '੬_name'.isidentifier()
False
Включая все цифры юникода
>>> 'some name'.isidentifier()
False
Пробелы недопустимы
#basic
Ramazon nuri – ezgulik nuri
Ramazon – bu mehr-oqibat, yaxshilik va iymon nuri bilan to‘lgan oy.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi «Ramazon nuri» videoroliklar turkumini taqdim etadi. Har bir hikoyada yaxshilikning insoniyatni birlashtirishini, avloddan-avlodga o‘tib borishini va har birimizda yashashini eslatuvchi ramz yashiringan.
Birinchi roligimiz «An’analar nuri» orqali biz ichimizda yashayotgan va yaxshilik qilishga undaydigan merosning ahamiyati haqida hikoya qilamiz.
Ramazon oyida biz kattalar o‘rgatgan saboqlarni eslaymiz: muhtojlarga yordam berish, yaxshilik ulashish, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash. Aynan shu an’analar hech qachon uzilmaydigan ezgulik zanjirini yaratadi. ✨
Ushbu Ramazonda boshqalar uchun nur bo’ling!
#RamazonNuri#Yaxshilik
#Saxovat
#Ramazon
#Chilonzor
#Mahalla
#MehrOqibat
#Ehson
#Yaxshilik
#Hamjihatlik
#SavobliAmal
Ramazon oyida "Chilonzor" mahallasida xayriya tadbirlari keng quloch yoymoqda
Qutlug‘ Ramazon oyida yurtimizda xayriya va saxovat ishlari yanada keng quloch yoymoqda. Bu muborak oy mehr-shafqat, bag‘rikenglik va o‘zaro yordam timsoli hisoblanadi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish, yolg‘iz keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish kabi ezgu ishlar xalqimizga xos olijanob fazilatlarni namoyon etmoqda.
Shuningdek, Chilonzor mahallasida yashovchi homiylar tomonidan ehtiyojmand oilalarga xayr-ehson qilish maqsadida oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechaklar, poyafzallar hamda pul mablag‘lari ajratilmoqda. Mahalla yettiligi tomonidan ushbu ehsonlar manzilli ravishda o‘z egalariga yetkazilmoqda.
Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli tadbirlar jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Alloh taolo qilinayotgan barcha xayrli amallarni qabul aylasin.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi