@gsbe_uz · Post #1282 · 22.04.2024 г., 12:17
🇺🇿 Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda. Ushbu festival doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Global menejment” MBA guruhi tinglovchi xotin-qizlari o‘rtasida “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” mavzusida chorlov tashkil etildi. 🇺🇿 O‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan festivalda xotin-qizlar ham katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etishdi. #GraduateSchool#Beautiful#National#KhanAtlas 🌐Web-site | ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram