@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81304 · 12.03.2026 г., 08:40
#Chilonzor #YoshlarKuni #YoshlarBilanUchrashuv #YoshlarBandligi #MahallaHayoti Chilonzorda Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumani “Diyor” mahallasi idorasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqodirov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning murojaatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ishlash istagini bildirgan yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Tadbir yakunida yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida ularga qiziqarli badiiy asarlardan iborat kitoblar taqdim etildi. 🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi