@uztmk_official · Post #2968 · 04.10.2025 г., 04:22
#Metall_fact #NISAR 🛰 2025-yil 30-iyulda NISAR (NASA-ISRO Synthetic Aperture Radar) sun’iy yo‘ldoshi sayyoramizning yuragini “eshitish” uchun ishga tushirildi. NISAR muzliklarning siljishini, o‘rmonlarning yo‘qolishini, yerosti suvlarining o‘zgarishini va hatto zilzilalarning tayanch harakatlarini millimetrgacha aniq o‘lchay oladi. 💠 Uning sintetik aperturali radar tizimlari va antennalari niobiy, tantal, volfram, titan, kobalt kabi kritik minerallar bilan ishlaydi. Aynan shu elementlar og‘ir kosmik yuklamalarga bardosh beruvchi yengil va chidamli konstruksiyalarni yaratadi, yuqori chastotali signal uzatish imkonini beradi va kosmos sharoitida ishonchli ishlashni ta’minlaydi. 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
Hashtags