@newuzbekistanuniversity · Post #1660 · 09.12.2022 г., 05:16
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro olimpiadada qatnashishmoqda 🏛 “Yangi O‘zbekiston” universitetining uch nafar talabasi professor Bahodir Ahmedov boshchiligida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ICPC olimpiadasida ishtirok etishmoqda. ✅Ushbu olimpiada dasturlash bo‘yicha eng yirik olimpiadalardan hisoblanib, qatnashuvchilarga algoritmik masalalarni yechish uchun har bir bosqichda 5 soat vaqt beriladi. ☑️ Hozirda mazkur olimpiadada butun dunyodan mingdan ortiq universitetlar eng bilimdon talabalaridan shakllantirilgan jamoalari bilan ishtirok etishmoqda. 📌Ma’lumot uchun,ushbu olimpiada bir vaqtning o‘zida Olmaota, Tibilisi, Sankt-Peterburg va Barnaul shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. 🎗Talabalarimizga omad tilab, yuqori natijalar kutib qolamiz. 🔁English | Russian ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Olimpiada#ICPC#Olmaota ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags