@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83220 · 13.04.2026 г., 08:11
#Chilonzor #O‘rganish #Obyekt Bo‘rijar kanali bo‘yida yangi sayilgoh tashkil etilmoqda Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va mas’ullar Bo‘rijar kanalining tuman hududidan oqib o‘tuvchi qismida olib borilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Hozirda ushbu hududda aholi mazmunli hordiq chiqarishi uchun zamonaviy sayilgoh va yangi bog‘lar barpo etilmoqda. O‘rganish davomida tuman hokimi quruvchi tashkilot mas’ullariga sayilgoh hududi aholi uchun har tomonlama xavfsiz bo‘lishi va ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. #Chilonzor#Hokim#Obodonlashtirish#Bo‘rijar #Sayilgoh#YashilMakon 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi