@newuzbekistanuniversity · Post #3489 · 18.03.2025 г., 15:55
Talabalarimiz Xalifa universitetida tahsil olishmoqda 💥 “Yangi Oʻzbekiston” universitetining bir guruh iqtidorli talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida akademik almashinuv dasturi doirasida oʻqishni davom ettirishmoqda. ✅ Xalifa universiteti dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri boʻlib, ilmiy izlanishlar va muhandislik sohasidagi ilgʻor ta’lim metodikasi bilan ajralib turadi. ⚡️ Talabalarimiz u yerda zamonaviy laboratoriyalar, ilgʻor tadqiqot loyihalari hamda global ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishmoqda. 🎗 Talabalarimizning Xalifa universitetidagi o'qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz! 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #talabalaralmashinuvi#xalifauniversiteti ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook