@newuzbekistanuniversity · Post #2525 · 15.12.2023 г., 13:10
Talabalarimiz jami 105 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritishdi! 💥 6 nafar talabamiz “U-ENTER” Innovatsion tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan “U-Start” akseleratsiya dasturida o‘z startap loyihalari bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 🏆 Unda g‘olib deb topilgan 3 nafar talabamiz Koreyaga 2 haftalik ilmiy sayohatga borish uchun 85 million so‘mlik grantga ega bo‘lishdi. 📌 Ushbu 3 nafar talabaning loyihasiga ko'ra endilikda kamera orqali inson reaksiyasi tasvirga olinib, sun'iy intellekt yordamida insonning ma'lum bir vaziyat, yoki jarayonga bo'lgan munosabatini aniqlash mumkin bo'ladi. ❇️ Shuningdek, universitetimiz talabalaridan iborat ikki jamoa 10 million so‘mdan grant bilan taqdirlanishdi. 🎗 Talabalarimizni g‘oliblikni qo‘lga kiritganliklari bilan tabriklaymiz! 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Ustart#demoday#grant ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook