@gsbe_uz · Post #2708 · 30.10.2025 г., 13:14
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yetakchivenchur kompaniyalar va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida startap loyihalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi ⚡️ Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida mamlakatning yetakchi venchur kompaniyalari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va moliyalashtirish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oyalarini loyihalar ko‘rinishida amalga oshirishga ko‘maklashish, ularda venchur moliyalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va istiqbolli investorlar bilan muloqot maydoni yaratishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda mamlakatning to‘qqizta oliygohidan 70 ga yaqin talabalar ishtirok etdi. “Yoshlar Ventures”, “IT Park Ventures” va “United Ventures” kompaniyalari vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, startaplarni moliyalashtirish tartibi, hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda mamlakatdagi venchur ekotizimining rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, talabalar tomonidan bank, qurilish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalaridagi 7 ta startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 👉Batafsil 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#Venturefunds#Startupprojects 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube