@ITmastersuz · Post #12799 · 02.04.2026 г., 05:46
📶VoLTE nima o‘zi? Oddiy tilda tushuntiraman VoLTE — bu Voice over LTE, ya’ni qo‘ng‘iroqlarni 4G internet orqali amalga oshirish texnologiyasi. 📞 Oldin qanday edi? Avvallari qo‘ng‘iroq qilganda telefon: 🔴 4G’dan tushib 3G yoki 2G ga o‘tardi 🔴 internet sekinlashardi yoki uzilib qolardi 🚀 VoLTE bilan esa: 🔴 Qo‘ng‘iroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4G orqali bo‘ladi 🔴 Internet tezligi tushmaydi 🔴 Ovoz sifati HD darajada tiniq bo‘ladi 🎯VoLTE nima uchun kerak? ✔️ Tiniq va sifatli ovoz ✔️ Qo‘ng‘iroq tez ulanadi ✔️ Gaplashayotganda ham internet ishlaydi ✔️ Video, fayl yuklash to‘xtamaydi ⚙️ Qanday ishlaydi? VoLTE — bu internet orqali ovozni ma’lumot (data) sifatida uzatadi. Ya’ni siz gaplashyapsiz — u signal emas, balki internet paketi sifatida yuboriladi. 📌 Qachon va qayerda ishlaydi? — Telefon va SIM operatori qo‘llab-quvvatlasa — 4G tarmoq mavjud bo‘lsa VoLTE — bu oddiy qo‘ng‘iroqni zamonaviy qilib, tezroq va sifatliroq qiladigan texnologiya. 👉Bizning barcha loyihalar | #VoLTE
Hashtags