Всех с Новым 2021🎉
Желаю всем нам чтобы год 2021 был сильно лучше чем 2020❗️
Между тем, ровно год назад был создан этот канал. Так что у нас тут немножко день рождения))) 🎂
Кажется пора подумать о новом контенте для канала 😉
#offtop
#Chilonzor
#MFY
#Ekskursiya
#IslomSivilizatsiyasi
#Manaviyat
#Marifat
Chilonzor MFY raislari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi
Chilonzor tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar ushbu markazning boy tarixiy merosi, ajdodlarimizning ilmiy va madaniy yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Tarix va kelajak o‘rtasida mustahkam ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tayotgan mazkur maskan MFY raislarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif davomida ular ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, yurtimizning boy ma’naviy merosi yuzasidan chuqur taassurotlar bilan qaytdilar.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#O‘quvSeminari
#MahallaЕttiligi
#IchkiIshlarVazirligi
#Hokimlik
#MFY
#Profilaktika
#YoshlarSiyosati
#XotinQizlar
#HokimYordamchisi
Chilonzor tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi hamda Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv dasturi 12 moduldan iborat bo‘lib, har hafta belgilangan jadval asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilari ishtirok etmoqda.
Bugungi o‘quv-seminari Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi