@columbia_center · Post #922 · 18.03.2026 г., 06:54
Xalqaro ijtimoiy ish kuni! Bugun, 17-mart kuni Farg'ona davlat universitetida erta tongdanoq "Xalqaro ijtimoiy ish kuni" bayramona kayfiyatda nishonlandi. Fakultet o'quv binosining kirish qismida ustozlar va talabalar bayramona ruhda kutib olindi. Bu kun ijtimoiy ish sohasining ahamiyatini yana bir bor eslash, ehtiyojmand insonlarga yordam berishdek sharafli vazifani bajarayotgan soha vakillariga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Universitetda ijtimoiy ish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz kelajakda jamiyatimizga katta foyda keltiradigan, insonlarga madad bo'ladigan malakali mutaxassislar bo'lib yetishishiga ishonamiz! Ushbu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ustozlar va talaba-yoshlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! #XalqaroIjtimoiyIshKuni#FarDU#IjtimoiyIsh#Bayram#Tabrik