@gsbe_uz · Post #2342 · 30.04.2025 г., 05:52
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish" mavzusida navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi. ⚡️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Abduqodir Yoqubov ishtirokchilarga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy bilim va tajriba berdi. ⚡️ Mahorat darsida ishtirokchilar davlat va biznes o‘rtasidagi samarali hamkorlik tamoyillari, DXSh loyihalarini ishlab chiqish va baholash, xavf va foyda taqsimoti mexanizmlari, moliyalashtirish va shartnoma tuzish jarayonlari kabi masalalar yuzasidan chuqur tahlil olib bordilar. Shuningdek, real loyihalar tajribasi orqali amaliy misollar ko‘rsatilgan bo‘lib, ishtirokchilarga loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari tushuntirildi. 🔴 Tadbir davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#Masterclass#PPP 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube