@newuzbekistanuniversity · Post #3402 · 26.01.2025 г., 07:19
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Open Data Challenge” xakatoni oʻtkazilmoqda ✅ Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida Open Data Challenge xakatonining ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan ushbu yirik tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh dasturchilar qatnashmoqda. ⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi – ishtirokchilarga ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda turli sohalardagi muammolarni hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda yordam berishdir. 🚛 Birinchi kun davomida ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, o‘z g‘oyalari ustida ishlashni boshladilar. Mentorlar ishtirokchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, loyihalarni takomillashtirishda ko‘maklashishmoqda. 🎗 Ishtirokchilarning eng yaxshi loyihalari qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanadi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #xakaton#opendatachallenge ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags