@newuzbekistanuniversity · Post #2285 · 28.09.2023 г., 12:47
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi! ✅ Universitet ayol-qizlari bugun milliyligimiz namunasi, o‘zbek ayolining ko‘rki hisoblangan xonatlas matosidan tayyorlangan go‘zal liboslarda universitetga kelishdi. Festivalda respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ham ishtirok etdi. ❇️ “Xon atlas” festivali universitetimiz professor-o‘qituvchilari, talaba va xodimlar uchun tashkil etilgan turli chellenjlar va ko‘tarinki ruhdagi bayramga ulanib ketdi. 🎗Bu kabi festivallar ayol-qizlarimiz orasida milliylik ruhini yanada orttirishga xizmat qiladi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #festival#xonatlas ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook