@IHMA_matbuotkotibi · Post #412 · 31.08.2025 г., 06:50
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya — eng ustuvor vazifa! "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida o‘tkazilgan Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. 📍Har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi, 📍 yordamga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, 📍yoshlar va keksalarning manfaatlarini himoya qilish, 📍 ijtimoiy adolatni ta’minlash — davlat siyosatining bosh yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Bugun mamlakatimizda shakllanayotgan samarali va adolatli ijtimoiy himoya tizimi xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. #YangiO‘zbekiston #IjtimoiyHimoya#Mustaqillik34 https://t.me/IHMA_matbuotkotibi