@HashtagUz · Post #14721 · 20.01.2026 г., 16:51
📱’dan yana bir anons — yangilangan va yengillashtirilgan o‘yin smartfoni Red Magic 11 Air ℹ️ ZTE kompaniyasi Red Magic 11 Air modelini taqdim etdi. Bu safar qurilmaga sovutish uchun kuler qayta qo‘shildi — avvalgi 10 Air modelida u qalinlikni kamaytirish uchun olib tashlangan edi. 📱 Shunga qaramay, yangi model xuddi shu qalinlikni (7,85 mm) saqlab qoldi. Bu “Air” nomi uchun juda yupqa bo‘lmasa-da, flagman Red Magic 11 Pro (8,9 mm)dan ancha ingichka. Eng qiziq tomoni — akkumulyator hajmi 6000 mA·soatdan 7000 mA·soatgacha oshirilgan. 📱 Shuningdek, chipset yangilandi: Snapdragon 8 Gen 3 o‘rniga Snapdragon 8 Elite o‘rnatildi. 📸 Biroq keng burchakli kamera ancha soddalashtirildi — 50 MP dan 8 MP gacha tushirilgan. Bu ham sovutish tizimi sabab kameraning joyi o‘zgargani bilan izohlanmoqda. ⚙️Asosiy xususiyatlar: * Displey: 6,85 dyuymli AMOLED, 2688×1216, 144 Hz, sensor 960 Hz gacha * Protsessor: Snapdragon 8 Elite * Kameralar: 50 MP + 8 MP (keng burchak), 16 MP selfi (ekran ostida) * Xotira: 12/256 GB, 16/512 GB * Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4 * Biometriya: ekran osti barmoq izi skaneri, Face ID * Namlikdan himoya: yo‘q * O‘yin funksiyalari: yon sensorli triggerlar, bypass-zaryadlash * Akkumulyator: 7000 mA·soat, 120 W tezkor quvvatlash 💵 Narxi: 3699 yuandan (taxminan 530dollardan boshlanadi). ➡️#zte | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags