Возможно, стоит пояснить разницу между синхронизацией из thread/process-safe и синхронизацией с помощью Lock🤔
Наша задача — заставить разные процессы и потоки обращаться к базе данных (или любым другим ресурсам) последовательно. Чтобы не случилось так называемого race condition, то есть состояние гонки. Это когда разные потоки или процессы пытаются одновременно что-то сделать с одним и тем же ресурсом.
В этом случае нам нужна какая-то логика ограничения. Пока один процесс не завершил своё действие, другие не могут получить доступ к ресурсу.
Так вот, thread-safe и process-safe означает что отдельно взятые операции записи в БД гарантированно будут последовательны. Запросы из разных процессов или потоков выстроятся в очередь и не будут мешать друг другу. Лучше всего когда этот блок реализован на уровне БД в виде атомарных операций или ещё как-то.
Но зачем нам тогда еще дополнительный Lock?
Этот способ синхронизации используется когда процесс никак не укладывается в одно действие и должен сделать множество операций прежде чем дать доступ следующему. В этом случае процесс ставит некий глобальный Lock на ресурс и никто другой, даже получив законное право на доступ, не может ничего сделать. Все ждут пока этот Lock не будет снят.
Это решается на уровне приложения и правильность реализации полностью в вашей ответственности. Например, если забыли разблокировать или сделали перекрёстный Lock (Deadlock как на картинке), то всё зависнет в бесконечном ожидании.
#basic
Biz 34 yoshdamiz!
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi tashkil etilganiga roppa-rosa 34 yil toʻldi. 1993-yil Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 101-sessiyasida Oʻzbekiston MOQ rasman XOQ aʼzoligiga qabul qilinganidan soʻng, mamlakatimiz delegatsiyasi 8 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya oʻyinlari, shuningdek yozgi va qishki Osiyo oʻyinlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Mard va muzaffar sportchilarimiz ushbu startlardagi gʻalabalari bilan Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi muhtaram Prezidentimiz raisligida rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻygan. Federatsiya va assotsiatsiyalar, terma jamoalar, sportchilar va murabbiylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali jahon arenalaridagi yutuqlarimiz koʻlami izchil ortib bormoqda.
Qadrli yurtdoshlar!
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakatimizda Olimpiya harakati rivoji yoʻlida xizmat qilayotgan barcha sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar va faxriylarni ushbu qutlugʻ sana bilan samimiy tabriklaydi.
—
Нам — 34 года!
Сегодня исполняется ровно 34 года со дня основания Национального Олимпийского комитета Узбекистана. После того, как в 1993 году на 101-й сессии Международного Олимпийского комитета НОК Узбекистана был официально принят в его члены, делегация нашей страны приняла участие в 8 летних и 8 зимних Олимпийских играх, а также в летних и зимних Азиадах и других престижных международных соревнованиях. Победы наших спортсменов в этих стартах стали ярким свидетельством их мужества, мастерства и преданности Родине.
Сегодня Национальный Олимпийский комитет Узбекистана под председательством Уважаемого Президента вступил в новый этап развития. Последовательная поддержка федераций и ассоциаций, сборных команд, спортсменов и тренерского состава способствует укреплению позиций Узбекистана на мировой спортивной арене.
Дорогие соотечественники!
Национальный Олимпийский комитет Узбекистана искренне поздравляет всех спортсменов, тренеров, специалистов и ветеранов, вносящих вклад в развитие Олимпийского движения в нашей стране, с сегодняшней знаменательной датой.
#Tabrik#34yil
👉@OlympicUz
olympic.uz I YouTube I Instagram I
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Mustaqillik yillarida yurtimiz ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Xalqimizning orzu-intilishlari, ezgu maqsadlari ro‘yobga chiqib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi.
Bugun “Yangi Oʻzbekiston” g‘oyasi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan, ta’lim va texnologiyalar sohasidagi yutuqlar barchamizni yangidan-yangi marralar sari chorlamoqda.
Aziz vatandoshlar!
Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, farovon hayot bardavom bo‘lsin! Har bir xonadonda quvonch va fayz, ezgu niyatlaringizda esa baraka hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti jamoasi
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mustaqillik#34yil
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан табриклади.
—
В столичном парке «Янги Узбекистон» состоялись торжества по случаю Дня независимости. Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил весь наш народ и соотечественников за рубежом с 34-й годовщиной государственной независимости.
#Mirziyoyev#bayram#Mustaqillik#34yil
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YangiOzbekistonda
#YangiIjtimoiyHimoya
#34Yil
🇺🇿“Barchasi xalq uchun, inson qadri uchun” — bu Prezidentimiz siyosatining bosh mezonidir.
So‘nggi ikki yil davomida Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi aynan shu tamoyil asosida mutlaqo yangi mazmun kasb etdi. Chunki Prezidentimiz doim ta’kidlaganidek, amalga oshirilayotgan har bir islohot – xalq farovonligi uchundir.
✦ 2 yil – 2 million taqdir. Bu oddiy raqam, statistika emas. Bu – ikki million insonning hayoti, his-tuyg‘ulari, orzulari va kelajagidir. Har bir taqdir – Yangi O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilgan ulkan hissa.
Bu – orzulariga qanot topgan yoshlarning, farzandi uchun kurashayotgan onalarning, keksa ota-onasiga mehr izlayotgan farzandlarning, nogironligi bor bo‘lsa-da hayotdan umidini yo‘qotmagan insonlarning hikoyalari.
Bugun ijtimoiy himoya har bir oilaning hayotiga yangi rang olib kirmoqda. G‘amxo‘rlik – nafaqat yordam, balki inson qadrini yuksaltirish, ertangi kunga bo‘lgan ishonchni qaytarishdir.
Ijtimoiy himoya – inson uchun, inson qadri uchun!
Telegram | Х
Facebook | Instagram
#YangiOzbekistonda#YangiIjtimoiyHimoya
#34Yil
Ijtimoiy xodimlarning asl qahramonligi
Ba’zan qahramonlar maxsus libos kiymaydi. Ular oddiy insonlar kabi ko‘rinishi mumkin, lekin har kuni kimningdir hayotini yaxshilash uchun fidoyilik bilan harakat qiladi.
Ijtimoiy xodimlarning mehnati ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi, lekin ular og‘ir sinovlarga duch kelgan insonlarning eng yaqin tayanchiga aylanadi. Yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar – ularning barchasi ijtimoiy xodimlarning g‘amxo‘rligini his etadi.
Ushbu rolik orqali biz sizga ularning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatini yaqinroq ko‘rsatmoqchimiz. Ular faqat yordam ko‘rsatish bilan cheklanmay, insonlarga umid, dalda va hayotga bo‘lgan ishonchni ham qaytarishadi.
Ijtimoiy xodimlarning fidoyiligini birga e’tirof etaylik!
📝telegram💻instagram
📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz
✨Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Bugun yurtimizning eng ulug‘ ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini nishonlamoqdamiz.
🏫Al-Xorazmiy universiteti jamoasi butun xalqimizga sog‘lik, baxt, omad va yuksak marralarni zabt etishda ulkan zafarlar tilaydi!
🇺🇿Mustaqillik bayrami muborakbo‘lsin, O‘zbekiston!
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#mustaqillik#tabrik#34yil#bayram
👇Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt|Telegram |Instagram|Facebook| Aloqa-bot