Возможно, стоит пояснить разницу между синхронизацией из thread/process-safe и синхронизацией с помощью Lock🤔
Наша задача — заставить разные процессы и потоки обращаться к базе данных (или любым другим ресурсам) последовательно. Чтобы не случилось так называемого race condition, то есть состояние гонки. Это когда разные потоки или процессы пытаются одновременно что-то сделать с одним и тем же ресурсом.
В этом случае нам нужна какая-то логика ограничения. Пока один процесс не завершил своё действие, другие не могут получить доступ к ресурсу.
Так вот, thread-safe и process-safe означает что отдельно взятые операции записи в БД гарантированно будут последовательны. Запросы из разных процессов или потоков выстроятся в очередь и не будут мешать друг другу. Лучше всего когда этот блок реализован на уровне БД в виде атомарных операций или ещё как-то.
Но зачем нам тогда еще дополнительный Lock?
Этот способ синхронизации используется когда процесс никак не укладывается в одно действие и должен сделать множество операций прежде чем дать доступ следующему. В этом случае процесс ставит некий глобальный Lock на ресурс и никто другой, даже получив законное право на доступ, не может ничего сделать. Все ждут пока этот Lock не будет снят.
Это решается на уровне приложения и правильность реализации полностью в вашей ответственности. Например, если забыли разблокировать или сделали перекрёстный Lock (Deadlock как на картинке), то всё зависнет в бесконечном ожидании.
#basic
🔥TBC Bank Group OLX Uzbekistonning nazorat paketini sotib olmoqda
Bitim quyidagicha tashkil etilgan: TBC Bank Group va Titan Investments xalqaro investitsiya xolding kompaniyasi qo‘shma korxona tashkil etdi.
Ushbu korxona OLX Uzbekistan’ning 100 foizini sotib oladi. TBC 50 foiz + 1 ta aksiyani (nazorat paketi), Titan Investments esa qolgan ulushni qo‘lga kiritadi.
Bitim tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, OLX TBC Uzbekiston ekotizimiga qo‘shiladi. OLX brendi saqlanib qoladi.
@beshtorr
#tbc#bitim#kompaniyalar
Nega "Magnum" O‘zbekistondan ketishga qaror qildi
Qozog‘istonlik "Magnum" supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistondan ketayotgani haqidagi xabarlarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
Haqiqatan ham, do‘konlar yopilmoqda, xodimlar soni qisqartirilmoqda, tovarlar sotilmoqda.
Kompaniyaning o‘zi bu haqda hech qanday izoh bermayapti, ammo aniq ko‘rinib turibdiki, buning sababi natijalardadir — ular kutilganidek bo‘lmadi.
O‘sish yo‘q. Bu esa eng muhimi
O‘zbekistondagi "Magnum" zarar ko‘rib ishlaydigan korxonadir.
2023-yilda zararlar 88 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda ularni 71 milliard so‘mgacha kamaytirishga erishildi.
Biroq zararlarning o‘zi qo‘rqinchli emas — barcha chakana sotuvchilar dastlabki bir necha yil davomida zarar ko‘rib ishlaydi, bu tabiiy holat.
Muaamo shundaki, "Magnum" O‘zbekistonda o‘smayapti.
2024-yilda kompaniya 230 milliard so‘m daromad oldi — bu 2023-yilga nisbatan atigi 6 foizga ko‘pdir.
⏺ Birinchidan, bu bozorni endigina o‘zlashtirayotgan va kengayishga katta mablag‘ sarflayotgan biznes uchun juda kam o‘sish.
⏺ Ikkinchidan, bu barcha chakana sotuvchilar orasidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri.
Taqqoslash uchun: "Olma" o‘sha yili 233 foizga o‘sgan. Ha, bu tarmoq ham zarar ko‘rmoqda, lekin uning istiqboli bor, chunki o‘sish mavjud.
⏺ Uchinchidan, "Magnum" 2023-yilda 2023-yilda "Carrefour" do‘konlarini sotib olib, o‘z tarmog‘ini kengaytirdi.
Natijada, bu faqat xarajatlarning ko‘payishiga olib keldi (ular sezilarli darajada oshdi — 67 foizga).
Boshida, 2021-yilda, "Magnum" Toshkent bozoridagi muhim o‘yinchiga aylanishni maqsad qilgan edi. 2025-yilga kelib ham bu maqsadga erishilmadi.
Katta do‘konlar o‘zini oqlamayapti
Do‘konlarning joylashuvi, assortimenti, narx siyosati, logistika va boshqalar haqida ko‘p gapirish mumkin — biroq bularning barchasi oqibatdir.
Asosiy sababi shundaki, O‘zbekistonda yirik supermarketlar va gipermarketlar formati biznes o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan darajada talab qilinmayapti.
Shuning uchun bugunning o‘zida 5 ta gipermarket ochishi mumkin bo‘lgan "Korzinka" butunlay boshqa yo‘nalishda harakat qilmoqda va uy yonidagi do‘konlarga sarmoya kiritmoqda.
Ehtimol, "Magnum"ning o‘zi ham bularning barchasini sezgan bo‘lsa kerak, chunki 2024-yilda 10 ta yangi do‘kon ochish rejalari shunchaki reja bo‘lib qoldi. Buning o‘rniga, aksincha, bittasi yopildi.
Ha, kompaniya rahbariyati O‘zbekiston biznesiga pul quyishni davom ettirishi mumkin edi, lekin nima keragi bor?
Natijalar aniq ko‘rsatmoqdaki, pul o‘sishga yo‘naltirilayotgan bo‘lsa-da, amalda o‘sish kuzatilmayapti.
Bunday sharoitda ikki yo‘l bor edi — hammasini "portlatib" qaytadan boshlash yoki shunchaki chiqib ketish.
Chamasi, ular ikkinchisini tanlashgan — bu og‘riqli, ammo zarur qaror.
Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan
@beshtorr
#bozor#kompaniyalar#vaziyat#savdo