От многопоточных вычислений переходим к распределённым. То есть вычисления, происходящие на нескольких компьютерах.
Конечно, в зависимости от задачи, вы можете взять готовые решения вроде CGRU или Deadline для рендеринга, charm4py или Dask для ML, или замутить что-то на AWS С2. Но хотелось бы чего-то попроще, попитоничней что ли)
А ведь в Python есть средства "из коробки" для синхронизации нескольких процессов на разных хостах.
Вот простой пример кода, который синхронизирует работу двух процессов на разных компьютерах.
В этом случае используется процесс-посредник, который является синхронизирующим сервером.
В примере создаётся некий Manager, который шарит общую для клиентов очередь. Все подключившиеся могут что-то в неё писать или забирать.
В моём коде один процесс что-то "считает" и складывает в очередь, другой забирает и продолжает какие-то свои "расчёты".
Если у вас есть несколько машин, то можете попробовать это запустить по сети (нужно заменить 'localhost' на IP-адрес сервера). Но и на локальной машине сработает.
Gist 🌎
#libs#source#tricks
#oilaqadriyati
#ibratlihayot
⚡️ Muborak Ramazon oyida jamoamiz uzoq yillardan buyon Turkiyada istiqomat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik hamyurtimiz xonadoniga holidan xabar olish va ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurdi.
🤝 Samimiy suhbat davomida yillar davomida bir-biriga hurmat va mehr bilan hayot kechirib kelayotgan oilaning hayotiy tajribasi, oila qadriyatlariga sodiqligi yoshlar uchun ham katta ibrat bo‘ladigan fikrlar bilan boy bo‘ldi.
🌺 Ayniqsa, turk va o‘zbek milliy qadriyatlarini birdek e’zozlab kelayotgan bu ayolning qo‘l mehnati bilan yaratilgan ijodiy asarlari barchamizda iliq taassurot qoldirdi. Uning mehnati va did bilan yaratilgan ishlari alohida tahsinga sazovor.
✨ Bunday samimiy uchrashuvlar vatandoshlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibatni yanada mustahkamlab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!
🌎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
Joylarda “Ota” aksiyasi doirasida “Otalar kuni”ni ijtimoiy bayram sifatida joriy etish, erkaklarning jamiyat va oiladagi o‘rni hamda mas’uliyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganilmoqda.
#MilliyTiklanish
#OtaAksiyasi
#OilaQadriyati
#Jalaquduq
#Andijon
Facebook |Instagram | Telegram
OILA VA JAMİYATDA OTALARNING O‘RNI
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Jalaquduq tumanidagi “Oyim” oilaviy poliklinikasida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda viloyat Kengashi rais o'rinbosarlari B.Qurbonov, Z.Avyazovalar O'zbekistonda "Otalar kuni"ni ijtimoiy bayram sifatida joriy etish bo'yicha ilgari surilayotgan partiya tashabbusi yuzasidan batafsil tushunchalar berdi.
Otaning oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda jamiyatdagi ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib so'rovnoma o'tkazildi.
#MilliyTiklanish
#OtaAksiyasi
#OilaQadriyati
#FarzandTarbiyasi
#Jalaquduq
#Andijon
@milliy_tiklanish_andijon
“Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening” oyligi doirasida “Temiryo‘lkargo” AJ xotin-qizlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbatda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va yozuvchi, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi Ma’mura Zohidova ishtirok etdi.
✨ Tadbir davomida oilaviy qadriyatlar, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ayollarning jamiyat va oila hayotidagi o‘rni haqida samimiy fikrlar bildirildi. Bundan tashqari, oila jamiyatning eng kichik va muhim bo‘g‘ini ekanini ta’kidlab, undagi ayollarning o‘rni, qadri, ayoli oqila bo‘lgan oila, jamiyat, davlatda hamisha barqarorlik, rivojlanish bo‘lishini aytib o‘tdi.
Shoira o‘z ijodidan namunalar o‘qib, ayollarga bag‘ishlangan she’rlar orqali ishtirokchilarga ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi.
💬Shuningdek, ishtirokchilar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘zaro fikr almashishdi.
Xotin-qizlar bilan kechgan bu iliq muloqot o‘zaro hurmat, mehr va qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
#Temiryolkargo#Xotinqizlar#MamuraZohidova#QaynonamOnamMening#AyollarFaolligi#OilaQadriyati#TemiryolkargoAJ
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram