@kiut_nm · Post #4719 · 09.06.2025 г., 12:07
#admission2025 Hurmatli abituriyentlar, Tibbiyot yo'nalishlariga shu kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki kirish imtihonlari rejalashtirildi. “Davolash ishi”, “Pediatriya”, “Oliy hamshiralik ishi” va “Stomatologiya” yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlari test shaklida boʻlib oʻtadi. 📅 Imtihon kuni: 2025-yil 18-iyun 🕙 Imtihon soati: 10:00 📍 Oʻtkazilish joyi: Namangan shahri, Chortoq koʻchasi, 75-A, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali Kirish imtihon sinovlariga passport/ID karta bilan kelishni unitmang! Barchangizga omad tilaymiz va kirish imtihonlarida kutib qolamiz! ESLATMA: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filialiga qabul jarayonlari davom etmoqda, hujjatlarini topshirishga ulgurmaganlar uchun yana imtihonlar rejalashtiriladi. Bu bo'yicha ma'lumotlar Rasmiy kanallarimizda e'lon qilib boriladi. Manzil: Namangan sh, Chortoq ko'chasi, 75A-uy malumot uchun +998692104040 Bizni kuzatishda davom eting. 🌐Website💬Telegram🌐Instagram
Hashtags