@ao_uzbekneftegaz · Post #11288 · 11.02.2026 г., 09:12
#amaliyot Buxoro NQIZ – amaliyot va tajriba maktabi Ayni kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlar Buxoro NQIZda amaliyot o‘tashmoqda. Zavod xodimlari tomonidan talabalarning ishlab chiqarishda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun maxsus o‘quv dasturi tayyorlandi. Bevosita texnologik maydonchalarning o‘zida ko‘p yillik tajribaga ega ustoz ishchi-xodimlar bo‘lajak mutaxassislarni neftni qayta ishlash, benzin sifatini oshirish, dizel yoqilg‘isi tarkibidan oltingugurt ajratib olish, avia kerosin ishlab chiqarish, neft va tayyor neft mahsulotlarini saqlash va tashish, shuningdek, qurilmalar, quvur o‘tkazgichlar tizimi obyektlarini ta’mirlash jarayonlari bilan tanishtirishdi. ____________ Бухарский НПЗ — школа практики и опыта В настоящее время магистранты Каракалпакского государственного университета имени Бердаха, обучающиеся по направлениям «Технология переработки нефти и нефтегаза», проходят производственную практику на Бухарском НПЗ. Сотрудниками завода была разработана специальная учебная программа для приобретения студентами практических навыков на производстве. На технологических площадках опытные наставники из числа работников завода, обладающие многолетним практическим опытом, ознакомили будущих специалистов с процессами переработки нефти, повышения качества бензина, извлечения серы из дизельного топлива, производства авиационного керосина, хранения и транспортировки нефти и готовых нефтепродуктов, а также с работами по ремонту установок и объектов трубопроводной системы. 👇Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram|💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Hashtags