@farhodjon · Post #251 · 28.10.2019 г., 18:47
Bu yerda bir qancha odamlar rus tilida timlidlar (team lead, тимлид) uchun orttirilishi lozim bo'lgan bilimlar xaritasi va rivojlanish modelini qurishyapti. Har bir kompaniyada timlid har xil vazifalarni bajaradi. Shuning uchun, mualliflar o'nlab kompaniyalarda timliddan nima kutilishini aniqlab chiqishgan. Menimcha, rahbarlik, odamlar bilan ishlaydigan, mas'uliyati kattaroq bo'lgan har qanday lavozimda ishlaydigan odam uchun juda foydali. Masalan, bu yerda komanda yig'ish, odamlarni o'stirish, ular qiladigan ishga yoki harakatlariga to'g'ri fikr berish (feedback), biznesni tushunish, korporativ madaniyat va hokazolar haqida yozilgan. Nisbatan soddaroq lavozimda ishlaydigan odamlar uchun bu boshlig'idan nima talab qilishni bilish, effektivroq ishlash uchun nimalar yetishmayotgani va qanaqa yordam berishni o'rganish uchun kerak. https://github.com/tlbootcamp/tlroadmap #boshqaruv
Hashtags