@handicraftman · Post #55624 · 26.03.2026 г., 11:33
#Qashqadaryo 🇺🇿 Muborak tumanida sayyor qabul o‘tkazildi ⚡️ “Hunarmand”uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q. Xalilov tomonidan Muborak tumanida sayyor qabul tashkil etildi. 📊 Qabul davomida hunarmandlar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan: — mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish — ustaxona faoliyatini kengaytirish — imtiyozli kredit va subsidiyalar olish — yoshlar orasida hunarmandchilikni targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi 📄 Har bir murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. ✅ Sayyor qabulning asosiy maqsadi hunarmandlarning huquqiy muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. ✅Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags