@mri_pressa · Post #14015 · 21.02.2026 г., 08:09
#qurilish 🏗 Qurilish sohasida soliq ma’murchiligi va islohotlar 🧱 Bugungi kunda qurilish sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng faol tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur sohada soliq ma’murchiligini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 📌Soliq kodeksining 248-moddasi 7-bandiga muvofiq, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv hamda uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha soliq bazasi har bir kalendar oy yakunida amalda bajarilgan ishlar qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnoma asosida materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachi zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ushbu materiallar qiymati soliq bazasiga kiritilmaydi. 🔹 Shu bilan birga, qurilish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tizimni to‘liq raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Shaffof qurilish”milliy axborot tizimi joriy etildi. Endi barcha loyihalar, tenderlar va qurilish jarayonlari onlayn tarzda nazorat qilinadi. 🔹Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi yo‘lga qo‘yilib, davlat buyurtmalarini faqat tajribali va ishonchli kompaniyalar olishi ta’minlanmoqda. 🌱 Shaharsozlikda “Yashil qurilish” tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Yangi talablarga ko‘ra, ko‘p qavatli binolar va ijtimoiy obyektlarda quyosh panellari o‘rnatish hamda energiya tejamkor izolyatsiya materiallaridan foydalanish majburiy etib belgilandi. 🏘 Shuningdek, respublika bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda. Ushbu massivlarda uy-joylar bilan bir qatorda maktablar, bog‘chalar va shifoxonalar ham barpo etilmoqda. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website
Hashtags