@kattakurgon_tuman · Post #39464 · 18.04.2026 г., 07:26
#SuniyIntellekt 📌Kattaqo'rg'on tumanida Sun'iy intellekt davri: Sun’iy intellekt — Umumta'lim maktab direktorlari xizmatida! 🤔Kattaqo‘rg‘on tumanidagi barcha umumta'lim maktablari direktorlari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha seminar o‘tkazildi. ☯️Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Farrux Omonov, tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchisi Suxrob Toshtemirov, soha mas’ullari, hamda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilot direktorlari ishtirok etishdi. 👉Nima uchun direktorlar Sun’iy intellekt o‘rganishi shart? ✅Chunki zamonaviy rahbar — bu faqat boshqaruvchi emas, balki innovatsiyalarni birinchi bo‘lib joriy etuvchi yetakchidir! ➡️Seminarda biz shunchaki texnologiya haqida gaplashilmadi, balki: 📂Qog‘ozbozlikka chek: Hisobotlar va rejalarni Sun’iy intellekt yordamida soniyalar ichida tayyorlash; ✅Kreativ darslar: O‘qituvchilar uchun qiziqarli dars ishlanmalarini Sun’iy intellekt orqali yaratish metodikasi; ⏱️Vaqtni boshqarish: Direktorning kundalik ish yukini avtomatlashtirish sirlarini tahlil qilindi. "Sun’iy intellekt o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi, lekin SI bilan ishlaydigan o‘qituvchi va rahbar — boshqalardan bir necha qadam oldinda yuradi!" KATTAQO'RG'ON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI 🌐Web sayt😎Telegram
Hashtags