@chirchikmuseum · Post #18307 · 09.02.2026 г., 15:07
#tadbir Navoiy merosi – milliy ma’naviyatimizning boqiy manbai Bugun shahrimiz markazida joylashgan buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tantanali xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida shahar jamoatchiligi, ilm-fan va ma’naviyat namoyandalari tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Mazkur tadbirda Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq shahar tarixi muzeyi xodimlari va tashkilotlar rahbarlari, ta’lim muassasalari vakillari, harbiylar, ijod ahli hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida buyuk shoirning bebaho adabiy merosi, uning asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, vatanparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani alohida ta’kidlandi. Tadbirda Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy merosimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Hashtags