@gsbe_uz · Post #2675 · 21.10.2025 г., 06:35
🇺🇿“Til — el ko‘zgusi, el esa til bilan ulug‘ bo‘lur.”! ✍🏻 Alisher Navoiy "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!" Har bir xalqning yuragi — uning tili. Tilda millatning ruhi, tarixi va madaniyati mujassam. ✨O‘zbek tili — xalqimizning bebaho merosi, milliy o‘zligimiz va mustaqilligimizning yorqin timsolidir. Ona tilimizga bo‘lgan mehr — Vatanimizga sadoqatdir. Shu bois o‘zbek tilini asrab-avaylash, to‘g‘ri va go‘zal so‘zlash, uni kelajak avlodlarga beg‘ubor holda yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. 🎉Bugungi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha sohalarida yangicha mazmun kasb etib, nufuzi tobora ortib bormoqda. O‘zbek tili — millatimizni birlashtiruvchi, o‘zligimizni ifodalovchi kuchdir. Keling, bugun va har kuni ona tilimizni e’zozlaylik, ulug‘laylik! Tilimiz barhayot, yurtimiz obod bo‘lsin! 🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi jamoasi #GSBE#GraduateSchool#Uzbeklanguage#Day 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube