@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82479 · 01.04.2026 г., 07:00
#Chilonzor #YangiTashabbus #BolalarMaydonchasi #Ta'mirlash #Obodonlashtirish Chilonzorda bolalar maydonchalari ta'mirlanmoqda va obodonlashtirilmoqda Chilonzor tumanida bahorning iliq kunlarida bolalar ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazishini inobatga olib, aprel oyining dastlabki 10 kuni “Bolalar maydonchalarini ta’mirlash va obodonlashtirish 10 kunligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun ushbu xayrli tashabbusning birinchi kuni. Shu munosabat bilan barcha mahallalarda ko‘p qavatli uylarga biriktirilgan BSKlar tomonidan bolalar maydonchalarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Novza mahallasidagi 11-sonli ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasi “Beryoza Kommunal Servis” boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari tomonidan ta’mirlanib, o‘yingohlar bo‘yaldi va hudud obodonlashtirildi. Bunday ezgu ishlar barcha boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan izchil davom ettirilmoqda. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi