Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi, hech narsa o’zgarmagan).
🎤Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔺Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔺 Matematika x 10 ta;
🔺 O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
⏺Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
🔺1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
🔺 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
📄 FVV akademiyasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda
#abituriyent
📥 Akademiyada o’qish istagidagi 17 yoshdan 23 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarolari, shuningdek, 18-25 yoshdagi harbiy xizmatchilar (ofitserlar bundan mustasno) va harbiy xizmatga majburlarning tegishli hujjatlari 31-martgacha(shu kuni ham) tayyorlanadi hamdaqabul qilinadi.
🗓11-apreldan 31-maygacha(shu kuni ham) talabgorlarning psixologik, jismoniy va tibbiy holati baholanadi.
🗓1-iyuldan 31-iyulgacha(shu kuni ham) nomzodlar tanlagan hududlarda test sinovlari o’tkaziladi.
👨🎓Ta’lim yo’nalishlari:
➡️Yong’in xavfsizligi;
➡️Texnosfera xavfsizligi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
❗️Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi
#abituriyent
Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
✅ Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
📜Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
🔹B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
🔹B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
ℹ️Ma’lumot uchun, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Ushbu tartib faqat chet tili 1-fan sifatida belgilanganda amal qiladi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
#abituriyent
📌 Maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari
Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro sertifikatlar muhim ahamiyatga ega. Ular orqali abituriyent chet tili fanidan qo‘shimcha imtihon topshirmasdan maksimal ballni qo‘lga kiritishi mumkin.
❓Qaysi sertifikatlar tan olinadi?
Hukumat qaroriga muvofiq, quyidagi xalqaro va milliy sertifikatlar tan olinadi:
➖IELTS — faqat Academic turda bo‘lishi shart;
➖TOEFL iBT;
➖Cambridge English (FCE, CAE va boshqalar);
➖CEFR (milliy sertifikat);
➖TestDaF, DSH (nemis tili uchun);
➖TOPIK (koreys tili uchun) va boshqa xalqaro hujjatlar.
‼️Hukumat qaroriga binoan, Linguaskill, JLPT, DELF, TCF — endilikda hisobga olinmaydi.
❓Maksimal ball olish shartlari qanday?
1️⃣ Agar abituriyentning B2 darajadagi sertifikati bo‘lsa, u chet tili fanidan maksimal ballni qo‘lga kiritadi.
2️⃣ Sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi shart.
3️⃣ Sertifikat faqat rasmiy ro‘yxatda keltirilgan turlaridan biri bo‘lishi lozim.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
❗️Для абитуриентов из Каракалпакстана также утверждены дополнительные квоты
#abituriyent
Всего предусмотрено две категории:
1️⃣ Согласно Указу Президента №213 от 31 августа 2022 года, для абитуриентов из Каракалпакстана, не прошедших вузы, выделяется 6 500 мест на платно-контрактной основе.
2️⃣ В Постановлении Президента №248 от 15 августа 2025 года предусмотрено:
— 500 целевых грантов для поступления в государственные вузы;
— 200 целевых грантов для поступления в частные университеты.
Итого — 700 целевых грантов.
Подписаться на уникальнейший канал студентов
СТУДЕНТЫ С ПАРТЫ
⚡️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.
❗️Eslatma: Ta’lim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
6-yo’nalish kvotasi
MASOFAVIY ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
#abituriyent
Jami: 2 ming 544 ta;
Shundan, tillar kesimida:
O’zbek: 2 ming 49 ta;
Rus: 254 ta;
Qoraqalpoq: 241 ta.
❗️Ma’lumot uchun: arizalar 25-sentabrdan boshlab my.uzbmb.uz saytida qabul qilinadi.
☑O’zbekiston Milliy universiteti
❓Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?
#abituriyent
❌JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.
Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.
Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.
☑O’zbekiston Milliy Universiteti
❗️Qabul tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 23-iyun10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 480 ming 447 nafar;
🔹 rus tili — 54 ming 607 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 10ming 665 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 529 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 250 ming 967 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 296 ming 281nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 22-iyunsoat 18:00 holatiga 601 ming 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
☑O’zbekiston Milliy Universiteti
‼️Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi
#abituriyent
Prezident farmoniga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar(25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?
Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.
☑O’zbekiston Milliy Universiteti
‼️Qabul boshlanishiga 1 hafta qoldi

O’zbekiston Milliy Universiteti