@newuzbekistanuniversity · Post #2853 · 28.04.2024 г., 08:52
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Yevropa universitetlari sammitida qatnashdi 💫 “Times Higher Education” tomonidan Germaniyaning Bremen shahrida Yevropa universitetlari sammiti o‘tkazildi. Sammit universitetlarning Yevropa va boshqa mamlakatlarda jamiyatning rivojiga tutgan o‘rni mavzusida tashkil etildi. ✅ Sammitga “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Dr. Bahodir Ahmedov asosiy spiker sifatida tanlab olindi. Dr. Ahmedov “Yangi O’zbekiston” universiteti tajribasi haqida gapirib, Yevropa universitetlarini hamkorlikka chorladi. 🌐 Sammitda dunyo bo’ylab 200 dan ortiq universitetlardan 400 ga yaqin rektorlar, prorektorlar va universitet vakillari qatnashishdi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #sammit#Germaniya#Ahmedov ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags