Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Chilonzor
#Murojaat
#AholiBilanMuloqot
Chilonzor tumani hokimi aholi murojaatlarini joyida o‘rganmoqda
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlarga alohida e’tibor qaratgan holda, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, tuman rahbari har bir murojaatni shaxsan joyiga chiqqan holda o‘rganib, ijrosini nazoratga olmoqda.
Shu jumladan, kuni kecha "3-Katta Chilonzor" mahallasi, 48-sonli ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolardan tushgan murojaat ham tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i va tegishli mas’ullar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aholi ushbu manzilda avtoulovlar uchun "Jarima maydoni" tashkil etilgani va bu holat kundalik hayotda qator noqulayliklar tug‘dirayotganini ma’lum qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammoni hal etish choralari ko‘rilmoqda.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor
#MurojaatIjrosi
#IchkiYo‘llar
#KattaXirmontepa
#AholiBilanMuloqot
🛣 AHOLI MUROJAATI E’TIBORDA: “KATTA XIRMONTEPA” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR TA’MIRLANADI
Chilonzor tumanida aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, fuqarolar murojaati asosida “Katta Xirmontepa” mahallasi, 18-sonli ko‘p qavatli uy atrofidagi ichki yo‘llarning holati tuman hokimi o‘rinbosari K.Hamroyev hamda soha mas’ullari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔍 O‘rganish natijasiga ko‘ra:
Mazkur manzildagi yo‘llarning holati haqiqatan ham ta’mirtalab ekanligi aniqlandi. Shu sababli, ushbu ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfalt yotqizish ishlari tuman hokimligining yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha navbatdagi manzilli dasturiga kiritilishi belgilab olindi.
🙌 O‘z mahallasi obodligiga befarq bo‘lmay, mavjud kamchiliklar yuzasidan murojaat yo‘llagan faol tumanoshimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Chilonzor tumani hokimligi — xalq bilan muloqot va amaliy natija sari!
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi