@andeko · Post #21736 · 10.10.2025 г., 05:53
#SiyosiyMarifatSoati📚#Ekologiya🌿#AndijonEkologiya 📚 Siyosiy-ma’rifat soati — bilim va ma’naviyat manbai! Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari “Siyosiy-ma’rifat soati”da faol ishtirok etmoqda. 🔹 Har haftaning juma kunlari Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligi, kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida ushbu o‘quv soatlari muntazam o‘tkazilib kelinadi. 🎥 Bugungi ma’rifat soatida xodimlar Turk davlatlari tashkiloti sammitiga oid videomateriallarni tomosha qilib, xalqaro hamkorlik, siyosiy jarayonlar va mamlakatimizning tashqi siyosiy faoliyati haqidagi dolzarb ma’lumotlar bilan tanishdilar. 🇺🇿 Mazkur tashabbus davlat xizmatchilarining dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati