@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81149 · 06.03.2026 г., 12:35
#O'rganish #AvtobusBekatlari #AholiUchunQulaylik #HududiyRivojlanish Chilonzor tumanida avtobus bekatlari holati o‘rganilmoqda Chilonzor tumani hokimi hamda mas’ul tashkilotlar vakillari tuman hududida joylashgan avtobus bekatlarining holatini joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish jarayonida bekatlarning sanitariya holati, infratuzilmasi hamda aholiga qulaylik yaratish darajasi tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bekatlarni zamonaviy va aholiga qulay kutish joylariga aylantirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, bekatlarni tartibga keltirish hamda ularni yanada obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’kidlandi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi