@columbia_center · Post #91 · 08.03.2025 г., 03:32
🌸8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" muborak bo‘lsin! “Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.” Sh.Mirziyoyev ☀️Ayollar – mehr va ilhom manbai, donishmandlik va sabr timsoli. Ular hayotga chiroy, mehr va ma’no baxsh etadigan, qalbiga quyoshni joylagan insonlardir. Ayollar – fidokor ona, mehribon opa-singil, sadoqatli umr yo’ldosh va ijodkor hamkasbdir. 🌷Ayollar kuchli, lekin nozik, dono, lekin samimiy. Ularning har bir qadami, har bir orzusi jamiyatni yanada yorqin va go‘zal qiladi. Ayollar – oilaning tayanchi, jamiyatning yuragidir. Bu bayram sizga baxt, sog‘lik va cheksiz ilhom olib kelsin! 🌷✨ #8Mart#XotinQizlarKuni#AyollarIlhomi#KuchVaNafosat