@adu_uz · Post #59287 · 13.03.2026 г., 15:29
#Abituriyent2026#BaholashMezoni ☄️ 2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). 💬Unga ko‘ra: ◀️Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan: 🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; 🔹 Matematika x 10 ta; ♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; ✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. ◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan: ➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball ✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball. 🟩2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi. ‼️Eslatma o‘rnida 👉 Fanlar majmuasi bu yerda 👉 Javoblar varaqasi bu yerda Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
Hashtags