@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81186 · 08.03.2026 г., 04:36
#Chilonzor #XotinQizlarKuni#8Mart#BayramTadbiri#AyollargaEhtirom#ChilonzorHokimligi#BayramKayfiyati 🌸Chilonzorda ayollarga ehtirom: bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi Chilonzor tumani hokimligi tomonidan tumandagi “Zarhal” tantanalar saroyida tuman hokimligi hamda tumandagi turli tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar uchun Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan katta tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev so‘zga chiqib, barcha ayollarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilalar farovonligi va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasini alohida ta’kidlab, ularga ezgu tilak va samimiy niyatlarini bildirdi. Tadbir davomida taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bayram tadbiri iliq va samimiy muhitda, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan xotin-qizlar nomidan tuman hokimi hamda bayramni tashkil etishda ishtirok etgan barcha tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik izhor etildi. 🌸Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi