Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#BPT
♻️ Бўка туманидаги туман “Касаначилик уюшмаси” бошланғич партия ташкилотида ҳам ҳисобот-сайлов йиғилиши ўтказилди.
✅ Унда партия қуйи бўғинининг раиси Дилмурод Файзиев сўз олиб, бошланғич ташкилотнинг 2023 йилда олиб борган партиявий фаолияти хусусида ҳисобот берди.
✅ Бошланғич ташкилотнинг 2023 йилдаги фаолиятини қониқарли деб ҳисоблаган йиғилиш иштирокчилари унинг келгуси 2024 йилда олиб борадиган фаолиятига ҳам Дилмурод Файзиевнинг ўзи етакчилик қилишини мувофиқ деб топишди.
✅ Шундай қилиб, йиғилиш Қарорига кўра, Дилмурод Файзиев “Касаначилик уюшмаси БПТ” раислиги лавозимида қоладиган бўлди.
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#BPT
ЎРТА ЧИРЧИҚЛИК БАНКИРЛАР ЎЗ ЕТАКЧИЛАРИНИ САЙЛАШДИ
✅ Агробанк Тошкент вилояти ҳудудий филиалидаги партия бошланғич ташкилотида навбатдаги ҳисобот-сайлов йиғилиши ўтказилди.
✅Унда O’zLiDeP туман Кенгаши аппарат раҳбари Каромат Расулова, Халқ депутатлари Ўрта Чирчиқ туман Кенгаши депутати Карим Муродов, Агробанк Тошкент вилояти ҳудудий филиали ходимлари, партия фаоллари ва аъзолари иштирок этишди.
✅ Йиғилишда кенг аҳоли қатламлари орасида партия нуфузини оширишда қуйи бўғинларнинг роли ҳақида сўз борди.
✅ Бошланғич ташкилотнинг ўтган 2023 йилдаги фаолияти таҳлилий-танқидий нуқтаи назардан сарҳисоб қилинган йиғилишда унга янги раис ва унинг ўринбосарини сайлаш масаласи ҳам кўриб чиқилди.
✅ Таянч тузилма фаолиятига доир ҳисоботни тинглаган йиғилиш иштирокчилари фикрларини инобатга олган ҳолда Зилола Саттаркулованинг номзоди бошланғич партия ташкилоти раислигига бир овоздан маъқулланди.
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#BPT
“Guliston” ahli o‘z yetakchisini tanlab oldi
O’zLiDeP Bekobod tuman Kengashi tarkibidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini boshlang‘ich partiya tashkiloti” ham o‘zining navbatdagi xisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazdi.
Unda 100 dan ortiq mahalla ahlini o‘z ichiga qamrab olgan tayanch tuzilma raisi Nurali Jalilovning tashkilot faoliyatiga doir hisoboti tinglanib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Nurali Jalilovning partiya g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishdagi munosib xissasi, insoniyligi, o‘zining qat’iy siyosiy pozitsiyasiga ega ekanini inobatga olgan yig‘ilish ishtirokchilari BPT raisiligiga qaytadan saylashdi.
Yig‘ilishda shuningdek, boshlang‘ich tashkilotning 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbol vazifalari muhokama qilindi.
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#BPT
"БОҒИШАМОЛ" МФЙ БПТ" ФАОЛЛАРИ ЎЗЛАРИГА ЯНГИ ЕТАКЧИ САЙЛАШДИ
O’zLiDeP Бекобод туман Кенгаши таркибидаги “Боғишамол” МФЙ БПТ” нинг навбатдаги ҳисобот-сайлов йиғилишида ҳам қуйи бўғин раиси Муҳаммаджон Ҳасановнинг партиявий фаолиятга доир ҳисоботи тингланди.
Эшитилган ҳисобот музокараларида сўзга чиққанлар ўтган 2023 йил мобайнида таянч тузилма томонидан аҳолининг ҳуқуқий ва сиёсий онгини юксалтириш, ижтимоий фаоллигини ошириш борасида олиб борилган тарғибот ишларининг самарадорлигини қониқарли деб баҳолашди.
Йиғилишда партия таянч тузилмасига янги етакчилар ҳам сайлаб олинди.
Ўзининг кўп йиллик бой тажрибаси, партия тарғибот тадбирларидаги фаоллиги, шахсий ва инсоний сифатларига кўра, Муқаддас Мирзаабдуллаева БПТ раислигига муносиб топилиб, сайланди.
Келгусидаги истиқбол режалари хусусида тўхталишаркан, бошланғич ташкилотнинг 2024 йилга мўлжалланган иш режасида белгиланган устувор масалаларга эътибор қаратилди.
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#BPT
ОҲАНГАРОНЛИК ТИББИЁТЧИЛАР ЎЗ ФАОЛИЯТЛАРИНИ САРҲИСОБ ҚИЛИШДИ
Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг барча бошланғич ташкилотлари тарғибот фаолиятида жонбозлик кўрсатиб, партия имиджини шакллантириш, жамият ва давлат ҳаётидаги мавқеини оширишда камарбасталик қилиб келишмоқда.
Оҳангарон шаҳар Тиббиёт бирлашмасида қарийб 300 дан ортиқ партия тарафдорларини ўзида жипслаштирган бошланғич ташкилот ҳам мана шундай таянч тузилмалар сирасига киради.
Куни кеча халқ соғлиги йўлида фаолият юритувчи саломатлик посбонларини ўз атрофида, ягона маслак атрофида бирлаштирган бошланғич ташкилотнинг ҳисобот-сайлов йиғилиши ўтказилди.
БАТАФСИЛ
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#BPT
“Oltin vodiy BPT”ga yangi yetakchi saylandi
Bekobod tumani “Oltin vodiy” MFY dagi o‘z tarkibida 200 dan ortiq aholi vakillarini qamrab olgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda quyi tuzilmaning o‘tgan yildagi partiyaviy faoliyati sarhisob qilinib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonidan kelib chiquvchi O’zLiDeP oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamadan o‘tkazildi.
“Oltin vodiy BPT”ga yangi rais va uning o‘rinbosarini saylash jarayonida mazkur mahallada raislik qilib, namunali faoliyat yuritib kelayotgan Asqarali Xidirov nomzodi ko‘rib chiqildi. Uning shaxsiy va insoniy fazilatlari, partiyaviy targ‘ibot tadbirlaridagi faolligi inobatga olinib, bir ovozdan ma’qullandi.
➖O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali ➖
#uzlidep
#BPT
O‘zLiDeP safi kengaymoqda
🇺🇿 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari Bekobod shahridagi "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyatida navbatdagi ochiq muloqot hamda targ‘ibot uchrashuvini tashkil etishdi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri partiyaning korxona va tashkilotlardagi faoliyatini kengaytirish, aholining keng qatlamlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi tizimli ishlarining uzviy davomi bo‘ldi.
🔍Tadbirda O‘zLiDePning viloyat miqyosidagi mas’ul vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak, "O‘zmetkombinat" AJ raisi Bahodir Abdullayev, O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, viloyat Kengashining mutasaddi xodimlari hamda kombinatda faoliyat yurituvchi bir guruh partiya xayrixohlaridan iborat boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari ishtirok etishdi.
🔍BATAFSIL
🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM
#uzlidep
#BPT
Toshkent tumanidagi “Eng faol BPT”da navbatdagi tadbir tashkil etildi
😎 O‘zLiDeP Toshkent tuman Kengashi huzuridagi “Masalboy” MFYda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida jipslashgan maslakdoshlarimiz navbatdagi targ‘ibot tadbirida yig‘ilishdi.
🔍Partiyaning “Eng faol boshlang‘ich partiya tashkiloti” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zLiDeP tuman Kengashi mutasaddilari hamda “Masalboy” MFYda istiqomat qiluvchi partiya xayrixohlari ishtirok etishdi.
🔍Partiya g‘oya va maqsadlarini keng targ‘ib qilishda ibrat bo‘layotgan quyi tuzilmada tashkil etilgan tadbir avvalida BPT raisi A.A. Abduraxmonov so‘zga chiqib, tashkilot a’zolarining faoliyati, ularning mahalla hayotidagi ishtiroki, aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
🔍Shuningdek, tuman Kengashi apparati rahbari Nuriddin Mahkamov ham aholining tadbirkorlikka keng jalb etilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda partiya va uning tayanch tuzilmalaridagi maslakdoshlarning o‘rni naqadar muhim bo‘lishi lozimligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘z nutqida partiyaning ushbu jarayonlardagi faol ishtiroki va BPTlar oldida turgan ustuvor vazifalarga ham alohida urg‘u berdi.
🔍Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. BPT faoliyatini yanada kuchaytirish, partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish, aholi muammolarini o‘rganish va ijobiy yechimlar topishda faol ishtirok etish har bir maslakdoshning maqsadiga aylanishi zarurligini qayd etishdi.
🔍"Masalboy" mahallasida o‘tkazilgan mazkur tadbir nafaqat BPT faoliyati samaradorligini oshirish, balki partiyaning joylardagi nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Ushbu loyiha orqali eng faol boshlang‘ich partiya tashkilotlari tajribasini ommalashtirish, ularning ish usullarini boshqalarga ibrat sifatida ko‘rsatish imkoniyati yaratilmoqda.
🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM
#Ekopartiya
#Surxondaryo
#BPT
“Mahalla – barqaror ekologik kelajak uchun munosib maskan!”
👍O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2026-yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb belgilandi.
✅Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti tashabbusi bilan Termiz shahridagi Bo'ston mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida “Mahalla – barqaror ekologik kelajak uchun munosib maskan!” shiori ostida boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
💙"Bo'ston" mahalla fuqarolar yig'ini shahardagi eng namunali mahallalaridan biri. Mazkur mahallada boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda partiyamiz tomonidan atrof muhitni asrash, ekologik madaniyat oiladan, mahalladan boshlanishi, tabiiy boyliklarimizdan tejab foydalanish xususida ma’lumot berildi. Tadbir davomida mahallada boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib boshlang'ich partiya raisi tayinlandi.
🟢Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati
#Ekopartiya
#Oltinsoy_tumani
#BPT
“Xidirsho” MFYda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.
🔂Mazkur vazifalardan kelib chiqib, Oltinsoy tumani “Xidirsho” MFYda “Ekologik jamiyat — yuksak kelajak poydevori” shiori ostida boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.
✅Tadbir doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman kengashi tomonidan ekologik burchak tashkil etildi. Ushbu burchak orqali aholiga atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga oid muhim ma’lumotlar yetkazib boriladi.
🟢Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati
#uzlidep
#BPT
#deputat
Angren shahrida O‘zLiDeP safi kengaydi!
😎 O‘zLiDeP Angren shahar Kengashi tarkibdagi "Quvvat MCHJ BPT" hamda "Shaxliya XK BPT"ga yangi a’zolar qo‘shilib, partiya safi kengaydi!
😎 Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputati, “Quvvat" MCHJ rahbari Vadim Li, “Shaxliya” xususiy korxonasi rahbari, partiya faoli Shoxista Madiyarovalar ishtirok etgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarining yig‘ilishida ta’kidlanganidek, partiya a’zosi – bu o‘z fikrlari va g‘oyalarini o‘zgartirish, jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish, o‘z mamlakati va xalqining kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan shaxsdir.
😎 Nomi tilga olingan quyi tayanch bo‘g‘inlarda jipslashgan va yangi qabul qilingan a’zolari ham mana shunday partiyaning dasturi va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi, bu g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida harakat qiluvchi fidoyilardir. Ular partiyaning faoliyatida faol ishtirok etib, uning hayotbaxsh g‘oyalarini aholi orasida keng targ‘ib qilishadi. O‘zLiDePning ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilishadi.
Partiya a’zosi bo‘lish – bu faqatgina guvohnoma olish emas, balki jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish demakdir. Zero, partiya a’zolarining faolligi va hamkorligi partiyaning muvaffaqiyatli faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
😎 Bu partiyamizning siyosiy ta’sirini kuchaytirish, xalq bilan yaqinroq hamkorlik qilish va mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
#Navoiy
#BPT
Mahalla – barqaror ekologik kelajak poydevori
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar partiya tashkiloti tomonidan Janubiy mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida “Mahalla – barqaror ekologik kelajak uchun munosib maskan!” shiori ostida boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya