@wbuzbekistan · Post #2732 · 26.02.2026 г., 12:48
▫️▫️▫️▫️▫️ 🎥 Sanoatni dekarbonizatsiyalash dasturi doirasida xalqaro missiya boshlandi Toshkent shahrida Iqlim investitsiya jamg‘armalari (CIF)ning Sanoatni dekarbonizatsiyalash dasturi bo‘yicha 3 kunlik missiyasining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida tashkil etildi. Missiyada ko‘p tomonlama rivojlanish banklari, davlat idoralari, sanoat korxonalari, moliya institutlari, xalqaro hamkorlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. #Dekarbonizatsiya#CIF#YashilIqtisodiyot#Sanoat#Uzbekistan Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|Х