Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
👋😊 Hammaga salom!
🤝 Bugun biz Ekologiya vazirligi xodimlari va toshkentlik eko-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda yana bir bor daraxt va butalar ekish maqsadida Astronomiya bog‘ida uchrashdik.
🌳 Birinchi ekish ishlari mart oyida bo‘lgan edi. Endi esa bog‘ni yanada yashil va shinam qilish uchun boshlagan ishimizni davom ettirdik. Biz daraxtlarimizni "ko‘rib chiqdik", biroz qiyshayganlarini tekisladik, shuningdek, Toshkent raqamli reyestri loyihasi ishtirokchilari bilan tanishdik.
🔭 Bog‘ hududi tarixi haqiqatan ham hayratlanarli. Bu yerda yuz yildan ortiq vaqt davomida XIX asr oxirida barpo etilgan va Markaziy Osiyo tabiatini o‘rganishda muhim rol o‘ynagan astronomik, meteorologik va seysmik stansiyalar mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda meteorologik va seysmologik stansiyalar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
☝️ Bunday tashabbuslar tufayli biz nafaqat shaharning ekologik salomatligini, balki Toshkentning barqaror rivojlanishiga sharoit yaratgan holda tarixiy ildizlarini ham saqlab qolamiz.
~~~
👋😊 Всем привет!
🤝 Сегодня мы вместе с сотрудниками Министерства экологии и ташкентскими экошкольниками снова встретились в Парке астрономии, чтобы посадить деревья и кустарники.
🌳 Первая посадка прошла в марте. Теперь же мы продолжили начатое дело, чтобы сделать парк ещё зеленее и уютнее. Мы «проведали» наши деревья, подровняли слегка покосившиеся, а также познакомились с участниками проекта цифрового реестра Ташкента.
🔭 История территории парка поистине удивительна. Более ста лет здесь существовали астрономическая, метеорологическая и сейсмическая станции, основанные в конце XIX века и сыгравшие ключевую роль в изучении природы Центральной Азии. Сегодня метеорологическая и сейсмическая продолжают свою работу.
☝️ Благодаря таким инициативам мы сохраняем не только экологическое здоровье города, но и исторические корни, создавая условия для устойчивого развития Ташкента.
#YashilBoglar#DaraxtlarReyestri
😀Zamin🌐Instagram🌐Facebook
"Zamin" fondi tomonidan Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Daraxtlar reyestri" loyihasi doirasida shahrimizdagi 400 mingdan ortiq daraxt yashil maydonlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan green.tashkent.uz onlayn platformasi elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
Daraxtlar raqamlashtirilgandan so‘ng, ular navi, holati, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va Toshkentning tabiiy muhitini saqlab qolishga yordam beruvchi shaharsozlik, ekishni rejalashtirish va yashil ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda tiklash ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda samarali vositaga aylanishi lozim.
—
В рамках проекта «Реестр деревьев», реализуемого Фондом Zamin совместно с Министерством экологии и хокимиятом г. Ташкента в электронную базу данных на онлайн платформе green.tashkent.uz, содержащей полную информацию о зелёных насаждениях, занесены более 400000 деревьев нашего города.
После оцифровки деревья проходят проверку данных специалистами-дендрологами по породе, состоянию, возрасту и другим характеристикам. Цифровая карта зелёных насаждений призвана стать эффективным инструментом при градостроительстве, планировании посадок, ухода за зелёными насаждениями, а также общественным контролем за охраной и восстановлением зелёных территорий, способствующим повышению качества жизни жителей города и сохранению природной среды Ташкента.
#DaraxtlarReyestri#РеестрДеревьев
Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
👋😊 Barchaga salom!
🏕 "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining "Oy ekomaktabi" unvoniga Qarshi shahridagi 9-maktab sazovor bo‘ldi. Va bunga bir necha sabablar mavjud. Birinchidan, bolalar nazarida maktab go‘zal yam-yashil shahar bog‘ini yodga soladi. Bu qadar ko‘p parvarishlangan daraxtlar va gullar bilan hamma ham maqtana olmaydi.
🍉 Ikkinchidan, bizning "Yosh fermer" loyihamiz doirasida bolalarga berilgan issiqxonadan tashqari, ularda ikkinchi issiqxona ham bo‘lib, har ikkisida ham tajriba o‘tkazish, har safar yangi ekinlarni ekish va ularning o‘sishini kuzatishga bolalarning kuchlari va istaklari yetarli.
🌳 Va eng yoqimli tomoni shundaki, bolalar (O‘zbekistonning barcha ekomaktablari orasida birinchi bo‘lib) barcha o‘sayotgan daraxtlar va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga tizimlashtirgan holda daraxtlar reyestrini o‘tkazdilar. Maktab hududida bolalarning 46 turdagi daraxt va butalari bo‘y rostlagan bo‘lib, ulardan qarag‘ay eng keng tarqalgan, uning soni 1092 taga yetadi, bolalar ekkan turli xil atirgul butalari soni esa 427 tani tashkil etadi.
👍 Shahar sharoitida daraxtlar reyestri daraxtlarni asrash, parvarish qilish va noqonuniy kesilishining oldini olishga yordam beradi — bolalar juda foydali ko‘nikmaga ega bo‘lishdi! Barakalla!
🏆 Ha, aytgancha, bolalar: siz "Yashil bayroq"qa ariza topshirdingizmi?
#OyMaktabi#DaraxtlarReyestri
~~~
👋😊 Всем привет!
🏕 Звание «Экошкола месяца» проекта Eco-schools Uzbekistan заслужила школа №9 города Карши. И причин здесь несколько. Во-первых, у ребят школа напоминает красивый зелёных городской парк. Таким количеством ухоженных деревьев и цветов мало кто может похвастаться.
🍉 Во-вторых, кроме теплицы, которую ребята получили в рамках нашего проекта «Юный фермер», у ребят есть вторая, и на обе у ребят хватает и сил, и желания экспериментировать, высаживая каждый раз новые культуры и наблюдать за их ростом.
🌳 И самое приятное было то, что ребята (первыми среди всех экошкол Узбекистана) провели реестр деревьев, систематизировав в единую базу данных информацию обо всех растущих деревьях и растениях. На территории школы у ребят 46 видов деревьев и кустарников, где самым распространённым оказалась сосна — 1092, а разных сортов розовых кустов у ребят — 427.
👍 В условиях города реестр деревьев способствует сохранению, уходу и предотвращению незаконной вырубки деревьев — ребята получили очень полезный навык! Молодцы!
🏆 И кстати, ребята: вы подаёте заявку на «Зелёный флаг»?
#ШколаМесяца#РеестрДеревьев
😀Zamin🌐Instagram🌐Facebook
"Zamin" fondi va Haydar Aliyev fondi o‘rtasida Barqaror taraqqiyot, yoshlar ekologik ta’limi, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Uchrashuv davomida tomonlar Milliy onkologiya markazi, ta’lim muassasalari va DOST inklyuziv rivojlanish va ijod markazi faoliyati bilan tanishdilar. Joriy yil noyabr oyida Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan COP29 doirasidagi qo‘shma loyiha va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
—
Фонд Zamin и Фонд Гейдара Алиева подписали Меморандум о сотрудничестве в области устойчивого развития, экологического образования молодежи, развития здравоохранения и образования. В ходе встречи стороны ознакомились с работой Национального центра онкологии, образовательных учреждений и Центра инклюзивного развития и творчества DOST. Отдельное внимание было уделено совместным проектам и инициативам в рамках COP29, который в ноябре этого года пройдёт в Азербайджане.
#YashilZamin#YashilBoglar#DaraxtlarReyestri#HosildorZamin#EcoSchoolsUzbekistan#MehrliMaskan#MehrliMaktab#InklyuzivTalim#ZaminCreative#InternationalInclusiveHub
Zamin|Facebook| Instagram| YouTube