Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
BYD Uzbekistan Factory bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Bosh prokuraturaga yuborgan so‘rovimizga kompaniyaning o‘zi javob berdi
Avvalroq "BYD Uzbekistan Factory" korxonasi va mahalliy yetkazib beruvchi "National Consulting Business" o‘rtasida 240 million so‘mlik shartnoma yuzasidan kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida yozgan edik. Yetkazib beruvchi tashkilotning ma’lum qilishicha, ular shartnomada ko‘rsatilgan sanoat nasoslarini to‘liq hajmda yetkazgan, biroq buyurtmachi tomon texnik sabablarga asoslanib tovarni qabul qilishni rad etgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuraturaga jurnalistik so‘rov yubordik.
Bosh prokuraturaga yuborilgan so‘rovga javoban (bu so‘rov bir necha idoralar orqali "O‘zavtosanoat"ga va so‘ngra zavodga yuborilgan), "BYD Uzbekistan Factory" kompaniyasi o‘z rasmiy munosabatini bildirdi. Kompaniyaga ko‘ra, yetkazib berilgan nasoslar texnik parametrlari, modeli va ishlab chiqarilgan mamlakati (Germaniya o‘rniga Xitoy) shartnomaga mos kelmagan.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
Ta’minotchi BYD Uzbekistan Factory uchun nasoslar xarid qilishda qoidabuzarliklar sodir etilgani haqida xabar berdi
BYD Uzbekistan Factory korxonasi va mahalliy yetkazib beruvchi o‘rtasida 240 million so‘mlik shartnoma yuzasidan kelishmovchilik yuzaga keldi. Yetkazib beruvchi tashkilotning ma’lum qilishicha, ular shartnomada ko‘rsatilgan sanoat nasoslarini to‘liq hajmda yetkazgan. Biroq buyurtmachi tomon kichik texnik sabablarni ro‘kach qilib, tovarni qabul qilishni rad etgan.
Bu vaziyat xarid jarayonlarining shaffofligi, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va ishtirokchilarning huquqiy himoyasi bilan bog‘liq jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur holat yuzasidan "BYD Uzbekistan Factory" MChJ QK hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga so‘rov yubordik.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
"Navoiyuran" taqiqqa qaramay 5,1 trln so‘mdan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirdi
"Navoiyuran" davlat korxonasi tomonidan 5,1 trln so‘mdan ortiq tovarlar va xizmatlar xarid qilingan. Davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, jami 1884 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.
"Navoiyuran" va boshqa 23 ta korporativ hamda 7 ta budjet buyurtmachilariga 2021-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirish taqiqlangan edi. Shunday bo‘lsa-da, bu hali ham davom etmoqda.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
O‘zbekistonda davlat xaridlarini isloh qilish: muammolar, xavf-xatarlar va yechimlar
Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi eksperti, moliyachi Kamol Niyazov bilan intervyumizning birinchi qismida davlat xaridlari sohasidagi muammolarning tizimli yechimlari haqida gaplashgan edik: sun’iy intellektdan foydalangan holda tovarlarni qabul qilishni raqamlashtirish, ikki tomonlama hisobot tizimi, markazlashtirilgan narx monitoringi va xavflarni tahlil qiluvchi markazni yaratish shular jumlasidan.
Intervyuning bu qismida esa biz davlat xaridlari tizimida biznesning o‘rni, bu sohada islohotlar zarurati va nima uchun insofsiz yetkazib beruvchilar reyestri ishlamayotgani haqida suhbatlashdik.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
Milliardlab so‘mlik yo‘qotishlar: Davlat xaridlaridagi firibgarlikni qanday to‘xtatsa bo‘ladi?
💼 O‘zbekiston davlat xaridlari tizimidagi kamchiliklar korrupsiya uchun qulay sharoit yaratmoqda. Open Contracting Partnership bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqot O‘zbekiston davlat xaridlari tizimidagi asosiy muammolarni aniqladi: soxta yetkazib berishlar, texnik parametrlarning ataylab pasaytirilishi, ishtirokchilar o‘rtasidagi til biriktirish holatlari. Bunday muammolar davlat mablag‘larining maqsadsiz sarflanishiga olib keladi.
Ushbu muammolarning yechimlari yuzasidan moliyachi Kamol Niyazov bilan suhbatlashdik. Xo‘sh, inson omili va qog‘ozbozlikka asoslangan tizimni zamonaviy texnologiyalar yordamida isloh qilish mumkinmi? Kamol Niyazovning fikricha, yechim aynan shunda. Tovarlarni qabul qilishni raqamli qayd etish, narxlarni sun’iy intellekt yordamida kuzatish va xavflarni tahlil qiluvchi markaz yaratish kabi takliflar ilgari surildi.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
"Tez yordam" uchun Damas'dan voz kechish va'dalariga qaramay, tibbiyot muassasalari sotib olishni davom ettirmoqda
🚑 2019-yildan buyon "Tez yordam" uchun Damas avtomobillaridan voz kechilishi haqida bayonotlar berib kelinadi. Biroq, shunga qaramay, hatto 2024-yilda ham tibbiyot muassasalari ushbu turdagi avtomobillarni sotib olgan. Bu davlat xaridlari portali ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
O‘shanda 2021-yilgacha Damas’dan butunlay voz kechish rejalashtirilgan edi. 2020-yilda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘sha paytdagi birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov "tez yordam" uchun Damas sotib olish to‘xtatilganini aytgan.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#FCDO#EGED#MJDC
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalariga davlat buyurtmasi mavjudmi?
Yoshlar ishlari agentligi “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostidagi tadbirni PR qilish uchun bir dona internet sayti bilan 534,7 million so‘mlik shartnomani tendersiz tuzgan.
Xo‘sh, davlat idoralari o‘z faoliyatini reklama qilish uchun qancha pul sarflashmoqda va bu reklamalar qay darajada samarali? Qanday holatlarda ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega?
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#OAV#Shaffoflik
Davlat xaridlarida Xavf-tahlil markazi: nega sun’iy intellektsiz korrupsiyaga qarshi kurashish imkonsiz?
O‘zbekistonda davlat xaridlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni avtomatik aniqlash uchun Xavf-tahlil markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yaqinda mamlakat prezidenti shu haqda ko‘rsatma berdi. Tenderzone eksperti Kamol Niyozov ta’kidlashicha, davlat xaridlari tizimida yiliga 2 millionga yaqin lot e’lon qilinadi, biroq ularning atigi 2-3 foizi qo‘lda tekshirilmoqda. Bu esa sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanishni nazoratning yagona samarali vositasiga aylantiradi.
Mutaxassisning fikricha, turli idoralarning ma’lumotlar bazalarini birlashtirish yashirin aloqadorlikni aniqlash va chuqur tekshiruv zarurligini ko‘rsatuvchi "qizil bayroqlar"ni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa davlat xaridlari tizimini nafaqat yanada zamonaviy, balki jamiyat oldida hisobdor bo‘lishiga ham yordam beradi.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Streetpark Systems va avtomobil to‘xtash joylari uchun dasturiy ta’minot: muammo nimada?
O‘tgan yili Streetpark Systems kompaniyasi Toshkent shahridagi avtoturargohlar tizimini boshqarish dasturiy ta’minotini yaratish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lgan edi. Tanlov 2024-yil 29-dekabrda, ya’ni kompaniyaga Toshkent ko‘chalarida pullik avtoturargohlarni tashkil qilish huquqi berilganidan 12 kun o‘tib o‘tkazilgan.
Tanlovning kompaniyaga faoliyat huquqi berilganidan so‘ng o‘tkazilgani, komissiya a’zolarining soni va shartnomaning e’lon qilinishi bilan bog‘liq jarayonlarda qonunchilik normalariga rioya etilishi yuzasidan qator savollar mavjud.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Toshkentning sobiq hokimi davlat xaridlaridan qanday foyda ko‘rmoqda?
2024–2025-yillarda turli davlat tashkilotlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida ko‘rsatilgan mehmonxona xizmatlari uchun 5,7 milliard so‘m to‘lagan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "Hilton" mehmonxonasiga egalik qiluvchi kompaniya bilvosita Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli.
Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi (o‘sha paytdagi) Aqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda 2 kecha mehmon bo‘lgan va buning uchun 280 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Ushbu xizmatlar may oyida ko‘rsatilganiga qaramay, shartnoma oradan bir oy o‘tib, 2024-yil 11-iyunda imzolangan.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Tendersiz xaridlar: "O‘zbekneftgaz"ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalari hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil etdi
"O‘zbekneftgaz" 2025-yilda davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirish taqiqlanishiga qaramay, 9,7 trillion so‘mlik (809 million AQSh dollari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzdi. Ushbu cheklov Prezidentning 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-sonli qarori bilan belgilangan edi. Hujjatga ko‘ra, 2021-yil 5-iyuldan boshlab korporativ buyurtmachilar, jumladan "O‘zbekneftgaz" AJ uchun ilgari Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan alohida tartibda belgilangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan xaridlarni amalga oshirishning amaldagi tartiblari rasman bekor qilingan.
Davlat xaridlari bo‘yicha ekspert va TenderZone asoschisi Kamol Niyazovning aytishicha, davlat xaridlarining umumiy ulushining qariyb 50% va hatto undan ham ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga to‘g‘ri keladi.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Andijon viloyatida mebel ishlab chiqaruvchi korxona davlat tashkilotlariga oziq-ovqat yetkazib bermoqda
Andijon olimpiya va paralimpiya sport tayyorlash markazi uchun o‘tkazilgan ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tenderlarni tekshirib ko‘rdik. Ma’lum bo‘lishicha, milliardlab so‘mlik davlat shartnomalarini yutib olgan kompaniyalar aslida ovqatlanish sohasiga aloqador emas. Jumladan, kompyuter va dasturiy ta’minot ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi firma 3 yilda 6,5 milliard so‘mdan ortiq ovqatlanish shartnomalarini qo‘lga kiritgan, hattoki ro‘yxatdan o‘tganiga atigi bir oy bo‘lganida yirik tenderda g‘olib chiqqan. Boshqa bir kompaniya esa nomi bolalar bog‘chasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ovqatlanish bo‘yicha yirik shartnomalar olgan.
🔍 Tahlillar natijasida aniqlandiki, ovqatlanish xizmatlari uchun tenderlarni yutgan ushbu ikki kompaniya rahbari va egasi bir shaxs ekan. Bu holat davlat xaridlaridagi shaffoflik va adolat mezonlariga rioya qilinishi borasida savollar tug‘diradi. Qonunchilikka ko‘ra, ishtirokchilar shartnomani bajarish uchun zarur resurslarga ega bo‘lishi lozim, ammo ixtisoslashmagan kompaniyalar qanday qilib bunday xizmatlarni ko‘rsatmoqda?
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC