@terdu_yuridik · Post #3197 · 16.06.2025 г., 15:15
#magistrlar_2025#dissertatsiya • Bugun fakultetimizning advokatlik faoliyati yo'nalishi magistratura bosqichi bitiruvchilarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilar o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etib, bir yil davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan isbotladilar. Har bir dissertatsiya yurtimizdagi huquqiy sohalarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy-tahliliy yondashuv, huquqiy fikr va mustaqil xulosalar, qolaversa, xorijiy davlat qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil asosida boyitilgan. Himoyada fakultet dekani M.Po'latov, Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi mudiri D.Xolmirzayev, Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi dotsenti N.Mallayev hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etib, bitiruvchilarning ilmiy salohiyatiga yuksak baho berishdi. 💐Dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan barcha bitiruvchilarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🌐@terdu_yuridik
Hashtags