Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#EkologikMadaniyat#TabiatniAsraymiz
Yangi daraxt – yangi nafas: talabalardan tabiatga tuhfa
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti talabalari tomonidan “Yangi daraxt – yangi nafas” shiori ostida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi. Tadbir doirasida universitet hududida ko‘plab manzarali va ekologik ahamiyatga ega daraxt ko‘chatlari ekildi.
⏺ Ushbu tadbirda ishtirok etgan universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev talabalar tashabbusini yuqori baholab, ularning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
⏺ Daraxt ekish jarayoni talabalar uchun nafaqat amaliy tajriba, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
☑O’zbekiston Milliy universiteti
#Ekologikmadaniyat
#Yashilkelajak
#Ekopartiya
#Navoiyoshlari
Yoshlar – yashil kelajak bunyodkorlari 🌱
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularda tabiatga mehr va mas’uliyat tuygʻusini mustahkamlash maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ko‘chat ekish aksiyalari, ekologik reydlar, targ‘ibot uchrashuvlari hamda tozalash hasharlari orqali yoshlar atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bu kabi tashabbuslar nafaqat hududlar obodonligiga, balki kelajak avlodning ekologik ongini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Zero, tabiatni asrash – barchamizning muqaddas burchimizdir.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Ekologiya#Bo‘ston #YashilMakon#TabiatniAsraylik#AtrofMuhit#Ekotartib#EkologikMadaniyat
♻️Ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu doirada Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi bilan hamkorlikda xazonlarni yoqmaslik, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda “toza va yashil muhit”ni yaratish masalalarida keng tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur tadbirlar Tuman obodonlashtirish bo‘limi, TYFUK va umumta’lim maktablarida tashkil etilib, ishtirokchilarga ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni asrash va tozalikka e’tiborli bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
🌿 Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati