@Termiz_MTU · Post #12840 · 08.12.2025 г., 04:38
#BayramMuborak#Shukuhli_33Yil 🇺🇿"Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali jamoasi butun xalqimizni mamlakatimiz bosh Qomusi, milliy samaradorlikning asosiy dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaydi. Oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar aynan yangilangan Konstitutsiyamizning ezgu tamoyillari asosida xalqimiz hayotida mustahkam huquqiy asoslarni yaratdi. Bu jarayon adolatni, barqarorlikni yanada mustahkamladi, har bir fuqaroning demokratik huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minladi. Inson qadri oliy qadriyat sifatida namoyon bo'ldi. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan, yurtimizda tinchlik va farovonlik abadiy bo‘lishini tilaymiz! Jonajon O‘zbekistonimiz bunyodkorlari bo‘lishdek oliy maqsad barchamizni birlashtirsin! #Konstitutsiya#InsonQadri#ErkinlikTenglikAdolat Telegram sahifamiz: 🚉 👉✈️@Termiz_MTU👈