@newuzbekistanuniversity · Post #3787 · 01.08.2025 г., 11:49
Imtihon natijalari e'lon qilindi! ⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 5-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi. ✅Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasiorqali e'lon qilindi. 💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilish uchun koʻrsatilgan miqdorda toʻlov qilishingiz mumkin. ❗️ Shartli ofertada koʻrsatilgan talablar bajarilmagan taqdirda talabgor o'qishga qabul qilinmasligi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtirilishi mumkin. 🎗Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbod etamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #qabul2025#imtihonnatijalari#examresults ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook