@milliy_tiklanish_andijon · Post #16611 · 24.04.2026 г., 14:02
OILA VA JAMİYATDA OTALARNING O‘RNI O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Jalaquduq tumanidagi “Oyim” oilaviy poliklinikasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda viloyat Kengashi rais o'rinbosarlari B.Qurbonov, Z.Avyazovalar O'zbekistonda "Otalar kuni"ni ijtimoiy bayram sifatida joriy etish bo'yicha ilgari surilayotgan partiya tashabbusi yuzasidan batafsil tushunchalar berdi. Otaning oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda jamiyatdagi ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib so'rovnoma o'tkazildi. #MilliyTiklanish #OtaAksiyasi #OilaQadriyati #FarzandTarbiyasi #Jalaquduq #Andijon @milliy_tiklanish_andijon