@farhodkamilov_uz · Post #478 · 06.08.2025 г., 06:08
🇺🇿 Men Futurum Academy faoliyatini boshlaganimda, biznes bilim ulashishi shart, deb ishonardim. Eng birinchi qilgan ishlarimdan biri - O‘zbekistonning bir nechta universitetlariga murojaat qilish bo‘ldi. Talabalar uchun bepul master-klasslar o‘tkazmoqchi edim. Haqiqiy amaliyot. Haqiqiy keyslar. Mutlaqo bepul. Hech qanday shartlarsiz, hech qanday tijorat maqsadisiz - faqat bilim ulashish uchun. Bu masala bo'yicha man hatto O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ham murojaat qilgan edim. Afsuski, bu tashabbus hech qanday natija bermadi. Oradan 2 yil o‘tdi. Bugun biz O‘zbekiston Davlat Iqtisodiyot Universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolash arafasidamiz. Oldinda katta hamkorlik loyihalari turibdi. Biz iqtidorli talabalar uchun yirik va taniqli kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratishni maqsad qilganmiz. Bir paytlar o‘zimizga yetishmagan imkon aynan shu edi. Bu orada xususiy universitetlarga ham hamkorlik taklif qildik. Ammo, hatto bu to‘liq bepul taklif bo‘lganida ham, ular qiziqish bildirmadi. Demak, hamma narsaning o‘z vaqti bor. Endilikda kutilmaganda chet eldan online va offline ta’lim berish taklifi tushdi. Va man offerni qabul qildim Bu "negative" yoki norozilik yoki hafagarchilik haqida emas. Unaqa odatim yo'q. Bu eslatmaki: - Ko‘p hollarda yonimizdagilarning qadriga yetmaymiz - Ko‘p hollarda hech narsa kutmaydigan, faqat berishni istagan odamlarga yopiq bo‘lamiz - Va shuni unutamiz: bizning yurtda ulkan insoniy salohiyat bor Man 100% O‘zbekiston xalqiga ishonaman. Ishonamanki, biz eng yaxshilar safida bo‘lish uchun tug‘ilgandirmiz. O‘z tajribamni ulashishni va yangi avlod shakllanishiga hissa qo‘shishni o‘z burchim deb bilaman. Agar har qanday universitet murojaat qilsa ochiqmiz. Yordam berishga tayyormiz. Barchaga tinchlik va aniq maqsadlar tilayman. Futurum - bu oddiy akademiya emas. Bu - biz ishonadigan kelajak. #FuturumAcademy #ta’lim #O‘zbekiston #hamkorlik #bilimUlashish #amaliyot #rivojlanish